/Yangiliklar/Uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari
28.08.2023 - 17:27 495

Uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari

Uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari

Yurtboshimizning to‘rt yil avval qabul qilgan PQ-5200-son qaroriga asosan 2021-2023-yillarda 48 ta uzumchilikka ixtisoslashgan tumanlarda 106 ming ga(klaster va fermerlarda 81 ming ga, aholi tomorqasida 25 ming ga) uzumzor barpo etildi (75 ming ga xo‘raki, 27 ming ga kishmish, 9 ming ga sanoatbop).

Sohani yanada rivojlantirish uchun “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan mazkur yo‘nalishni rivojlantirish uchun 244 ta loyihalarga tijorat banklarining 360 mlrd so‘m kreditlariga 119 mlrd so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatilgan va 3 706 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Shundan, kafillik bo‘yicha 133 ta loyihalarga tijorat banklarining 179 mlrd so‘m kreditlariga 84 mlrd so‘m yordam va 1 886 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan, kompensatsiya bo‘yicha 111 ta loyihalarga 181 mlrd so‘m kreditlariga 35 mlrd so‘m yordam ko‘rsatilgan va 1 820 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, moliyaviy yordamlardan foydalangan Top-3 hududlar aniqlandi. Jizzax viloyati – 43 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyati – 17 mlrd so‘m va Samarqand viloyati – 14 mlrd so‘m yordam bilan yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati