/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
28.08.2023 - 15:00 174

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

Qoraqalpog‘iston Respublikasida quyidagi shartlar asosida kredit mablag‘lari ajratish tizimini yo‘lga qo‘yiladi:
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida yangidan tashkil etilgan, hisob raqamida mablag‘ yetarli darajada aylanmagan tadbirkorlik subyektlariga, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun garov ta’minotidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha bo‘lgan miqdorda;
yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish hamda ishlab chiqarish jarayonidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash, bilim va salohiyatini oshirish maqsadida ularning xorijiy davlatlarda tahsil olishlari uchun 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi PF-129-son farmoni.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati