«Turon bank» ATB bilan hamkorlik

Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi va «Turon bank» ATB bilan hamkorlikda vebinar uchrashuvi o’tkazildi. Ushbu vebinarda «Turon bank» ATB tomonidan «Tadbirkor.edcom.uz» dasturiy ta’minot orqali buyurtmanoma to’ldirishda yo’lga qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish orqali loyixa tashabbuskorlarning loyixalarini tez va samarali ko’rib chiqilishini yo’lga qo’yish masalalari hamda jamg’arma faoliyatidagi o’zgarishlar va kiritilayotgan yangiliklar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etilib, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari Jamg’armaning moliyaviy hizmatlaridan yanayam tez va samarali foydalanishga imkon yaratilishiga erishildi.
Qolaversa, o’zaro qizg’in savol javoblar amalga oshirilib bank hodimlariga jamg’arma ko’rsatayotgan moliyaviy hizmatlari yuzasidan to’liq ma’lumotlar etkazildi va o’rtaga tashlangan takliflar ko’rib chikilishiga erishilib, bank va jamg’arma tomonidan tadbirkorlarga qator qulayliklar yaratilishiga zamin yaratadigan tizimli ishlarni amalga oshirish belgilab olindi.