Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Jamg‘arma ijrochi direktori A.Maxamatov, OTBning moliya sektori bo‘yicha bosh iqtisodchisi E.Makkartni va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.
Tomonlar O‘zbekistonda mikromoliyalashtirishni rivojlantirish borasida OTBning navbatdagi loyihasini amalga oshirishda Jamg‘armaning ishtiroki yuzasidan muhokama qildilar.
Shu bilan birga, joylarda boshlang‘ich ishlarni boshlash, muammo va imkoniyatlarni o‘rganish, shuningdek, yo‘l xaritasini aniq belgilab olish va mikromoliyashtirish sektorini kengaytirish bo‘yicha strategiya ishlab chqish yuzasidan fikr almashdilar.
Bundan tashqari, Jamg‘arma faoliyati, xususan, taqdim etilayotgan kafillik va kompensatsiya moliyaviy yordamlari, “Tadbirkor” axborot tizimi, risklarni boshqarish hamda qaysi turdagi tadbirkorlik yo‘nalishlariga yordam berilmasligiga to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, tadbirkorlarni mikromoliyalashtrishda yoshlar va ayollar tadbirkorligiga ahamiyat qaratish, Jamg‘arma xizmatlarini kengaytirish uchun mamlakatda mavjud jamg‘armalar faoliyatini tahlil qilish hamda xalqaro tajribani o‘rganish yuzasidan takliflar berdilar.
Uchrashuv so‘ngida, tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati