/Yangiliklar/“Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va ularga keng imtiyozlar joriy etilishi – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim omili” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
31.05.2021 - 16:35 3516

“Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va ularga keng imtiyozlar joriy etilishi – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim omili” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va ularga keng imtiyozlar joriy etilishi – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim omili” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

2021-yil 27-may kuni Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va ularga keng imtiyozlar joriy etilishi – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim omili” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash Markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes ombudsman), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan tashkil qilingan mazkur davra suhbatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti barqarorligiga erishish, kam daromadli oilalarning harid qobiliyatini oshirish, mahsulotlar narxi va miqdori keskin o‘zgarishining oldini olish hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar haqida fikrlar almashildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, mutasaddi vazirlik va idoralar, yetakchi olimlar, shuningdek tadbirkorlar, fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari vakillari hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi xodimi ham ishtirok etdi.

Ma’lumki, Respublikaning barcha aholisi uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha bir qator choralar amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston dunyoda egallagan o‘rnini mustahkamlashga erishdi va bosqichma – bosqich ushbu sohada o‘z mavqe’ini yaxshilab bormoqda.

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlangan. Ushbu Strategiyada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 9 ta asosiy yo‘nalish belgilangan. Shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish – ushbu Strategiyadagi asosiy masalalardan biri sifatda belgilangan.

Davra suhbatida Jamg‘arma vakili Q.Radjapov ham so‘zga chiqib, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan moliyaviy yordamlar (kafilliklar va kompensatsiya berilishi) amaliyoti” to‘g‘risida ma’ruza qilib o‘tdi.