Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi Kafillik taqdim etish va yangi xizmatlarni joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Saksonov va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Svenya Petersen o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuvda jamg‘arma tomonidan Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Qudrat Radjapov hamda YeTTB tomonidan Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi iqtisodchi – Erik Livni, bosh menejer – Sherzod Akbarov va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar jamg‘armaning faoliyati, maqsadi, funksiyalari, jamg‘armaning moliyaviy yordam turlari hamda tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.
Shu bilan birga, YeTTB kichik va o‘rta biznes rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha texnik topshiriq loyihasi uchun tayyorgarlik ishlari yakunlanganligi, biznes muhitini monitoring qilish, to‘siqlarni bartaraf etish orqali rivojlanish choralarini ko‘rish hamda kichik va o‘rta biznes samaradorligini oshirish va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishga yordam berish bo‘yicha to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, YeTTB vakillari tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish, tadbirkorlarga qulay imkoniyatlar yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.
Uchrashuv so‘ngida, tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati