/Yangiliklar/Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv
31.10.2023 - 12:32 568

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 25-oktabr sanasida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida (Jamg‘arma) Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) vakillari bilan jalb qilingan mablag‘larni maqsadli sarflash, xususan, Farg‘ona vodiysida tadbirkorlarga moliyaviy yordamlar taqdim etish yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, IFAD vakillari Mark Desuzo va Sorin Revenko, shuningdek, Jamg‘arma tomonidan Radjapov Kudrat va Usmanov Shavkat va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi «Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida «Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4021-sonli qarori va 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qaroriga muvofiq jalb qilingan mablag‘lar tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga kafillik taqdim etish uchun ajratilgan.

Shuningdek, IFAD vakillari yoshlar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish ahamiyati, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati