/Yangiliklar/O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo taraqqiyot bankining Filippinda o‘tkazilayotgan seminarida ishtirok etmoqda
20.11.2024 - 11:01 74

O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo taraqqiyot bankining Filippinda o‘tkazilayotgan seminarida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo taraqqiyot bankining Filippinda o‘tkazilayotgan seminarida ishtirok etmoqda

Filippinda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tashkil etilgan “Osiyo va Tinch okeani mintaqasida kichik va o‘rta biznesning barqaror o‘sishi uchun ekotizim yaratish” mavzusida seminar o‘tkazilmoqda

20-22-noyabr kunlari davom etadigan tadbirlarda Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining davlat va xalqaro tashkilotlari vakillari, ishbilarmonlar, shu jumladan “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bo‘lim boshlig‘i Sh. Ibragimov ishtirok etmoqda.

Seminarda kichik va o‘rta biznesning barqaror o‘sishi bo‘yicha dolzarb muammolar va strategiyalar muhokama qilinib, o‘zaro tajriba almashilmoqda.

Xususan, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, biznesni raqamlashtirish, yashil va energiya tejamkor texnologiyalarga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muvaffaqiyatli xalqaro tajribalarni Osiyo mamlakatlarida joriy etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati