Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va yashil texnologiyalarini joriy etish loyihalariga ega tadbirkorlar diqqatiga
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun “Hamkorbank” ATBga 50 mlrd so‘m miqdorida resurs joylashtiradi.
Tartib va shartlari:
- kichik tadbirkorlik subyektlariga — 1,5 mlrd so‘mgacha;
- o‘rta tadbirkorlik subyektlariga — 5 mlrd so‘mgacha;
- muddati — 7 yilgacha;
- aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun esa — 1,5 yilgacha;
Resurs hisobidan tadbirkorlarga — asosiy stavka + 4% marja, yaʼni 17,5 foizda kredit ajratiladi. Kreditga garov taʼminoti yetmagan taqdirda Kompaniya kafillik yordamini ham taqdim etadi.
Kompaniyaning aloqa markazi: +99871 238-69-06
Kredit olish uchun arizani quyidagi link orqali yuborish mumkin: hamkorbank
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati