Kompaniyaning uchta moliyaviy yordamini koʻrsatish shartlari oʻzgardi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan asosiy stavka 13,5% darajasida belgilanganidan xabaringiz bor. Shunga muvofiq, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning MB asosiy stavkasiga bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlarini koʻrsatish shartlariga ham oʻzgartirishlar kiritildi.
Endilikda:
- Kompensatsiya — 23,6 foizgacha boʻlgan kreditlarning bir qism foizini qoplashga ajratiladi (ilgari 24,5 foizgacha edi);
- Xizmatlar ipotekasi — yillik 17,5% ustama yoki boʻlib toʻlash usulida beriladi (ilgari 18% edi);
- Resurs yordami doirasida mablagʻlar tadbirkorlarga — 17,5 foizda taqdim etiladi (ilgari 18% edi).