“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning yangi rasmiy ramzi
2024-yil 22-iyul kuni “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy ramzi yangi namunada tasdiqlandi.
Yangi logotip Kompaniyaning hozirgi faoliyatiga hamohang tarzda iqtisodiy barqarorlik, bosqichma-boshqich o‘sish va rivojlanish maʼnolarini o‘zida aks ettiradi.
Bunda, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari Kompaniyaning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi orqali keyingi muvaffaqiyat bosqichiga o‘tib borishi va Kompaniya barcha bosqichlarda ularni qo‘llab-quvvatlashi ramziy maʼnosi aks etgan.
Shu jumladan, Kompaniyaning amaldagi Kafillik, Kompensatsiya, Xizmatlar ipotekasi, Kapitalga ulush kiritish, Resurs ajratish hamda kelgusida yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilgan yangi moliyaviy yordam instrumentlari ham logotipda o‘z aksini topgan.
Bundan tashqari, yangi namunadagi logotipni ishlab chiqishda uning moslashuvchanligi hamda foydalanish imkoniyatlari kengligi ham eʼtiborga olingan.
Kompaniyaning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, Tadbirkor axborot tizimi, bino va jihozlaridagi hamda boshqa joylarda foydalanilayotgan eski logotipini o‘zgartirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati