/Yangiliklar/“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” har bir viloyatda o‘z filialini ochadi
20.08.2024 - 16:01 750

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” har bir viloyatda o‘z filialini ochadi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” har bir viloyatda o‘z filialini ochadi

20-avgust kuni Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga ham bir qator topshiriqlar berdi.

Jumladan, kompaniyasining filiali har bir viloyatda tashkil qilinishini aytildi.

Kompaniya va uning filiallari hududlarda salohiyati bor tadbirkorlarni aniqlaydi. Kompaniya kafilliklari yaxshi kredit tarixi va yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarga beriladi.

Qolaversa, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda barcha banklar va mikromoliya tashkilotlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Masalan, 100 million so‘mgacha mikrokredit bor-yo‘g‘i 9 foiz tadbirkorlarning ehtiyoji uchun yetarli ekanligi maʼlum bo‘ldi. Shu bois, mikrokreditlar miqdori 3 karra oshirilib, 300 million so‘mga yetkaziladi. Bunda kreditning 100 million so‘mgacha bo‘lgan qismiga garov talab qilinmaydi, dedi davlat rahbari.

Bu maqsadga bir yilda 10 trillion so‘m beriladi.

Bundan tashqari, kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy resurslar ko‘paytiriladi.

Davlat rahbari tadbirkorlik uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan, kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy resurslar ko‘paytiriladi.

“O‘tgan yili kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tizim joriy qilingan edi. Bu borada Biznesni rivojlantirish banki va Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etilib, yil boshidan 35 mingdan ortiq tadbirkorlarga jami 3,5 trillion so‘m mikrokreditlar ajratildi”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Bundan tashqari, “Biznesga birinchi qadam” dasturi bo‘yicha tadbirkorlikni endi boshlayotgan 115 ming aholiga 1 trillion so‘mlik mikroqarzlar berildi. Ushbu tajriba yana-da kengaytirilishi belgilandi.

Mikromoliya xizmatlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash davom ettiriladi

“Masalan, o‘tgan yetti oyda 91 ta mikromoliya tashkiloti 6,6 trillion so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi va yil yakunigacha bu raqam 12 trillion so‘mga yetkaziladi. Mikromoliya xizmatlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash davom ettiriladi. Ularga joriy yildagi 1,6 trillion so‘mga qo‘shimcha 1 trillion so‘m resurs ajratiladi”, — dedi davlat rahbari tadbirkorlar bilan muloqotda.

Shu bilan birga, ustav kapitali kamida 50 milliard so‘m bo‘lgan mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Ushbu banklar kredit portfelining kamida 70 foizi kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan tadbirkorlarga xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish va litsenziya asosida to‘lov tashkiloti sifatida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati