“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ vakillari Turkiyaga tashrif buyurdi
9-oktabr kuni “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya davlatiga bordi.
Delegatsiya aʼzolari tashrifni KOSGEВ – Turkiyaning kichik va o‘rta kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish tashkiloti vitse-prezidenti Fatih Gyokyurt bilan uchrashuvdan boshladi.
Muloqotda har ikki tomon kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tajriba almashdi. Jumladan, tomonlarning xizmatlar ko‘lami va samaradorligi, yashil loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, aktivlar taqsimoti, xavf-xatarlarni boshqarish kabi faoliyati yuzasidan suhbat qilindi.
Muzokaralar davomida ikki davlat vakillari kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr-mulohazalar almashishdi.
Shuningdek, Kichik sanoat zonasi hamda KOSGEВ qo‘llab-quvvatlagan bir qator tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati