/Yangiliklar/Turonbank ATBga ham 50 mlrd so‘m miqdorida resurs joylashtiriladi
31.07.2024 - 14:59 175

Turonbank ATBga ham 50 mlrd so‘m miqdorida resurs joylashtiriladi

Turonbank ATBga ham 50 mlrd so‘m miqdorida resurs joylashtiriladi

Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va yashil texnologiyalarini joriy etish loyihalariga ega tadbirkorlar diqqatiga

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun Turonbank ATBga 50 mlrd so‘m resurs joylashtiradi.

Tartib va shartlari:

  • kichik tadbirkorlik subyektlariga — 1,5 mlrd so‘mgacha;
  • o‘rta tadbirkorlik subyektlariga — 5 mlrd so‘mgacha;
  • muddati — 7 yilgacha;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun esa — 1,5 yilgacha;

Resurs hisobidan tadbirkorlarga — asosiy stavka + 4% marja, yaʼni 17,5 foizda kredit beriladi.

Kreditlarga garov taʼminoti yetmagan taqdirda Kompaniya kafillik yordamini ham taqdim etadi.

Kompaniyaning aloqa markazi: +99871 238-69-06
Turonbankning aloqa markazi: +998 71 202-01-01

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati