/Yangiliklar/Xizmatlar ipotekasi yordami bo‘yicha 5-tanlovga eng ko‘p anketalar Samarqand va Buxorodan kelib tushdi
14.11.2024 - 15:00 187

Xizmatlar ipotekasi yordami bo‘yicha 5-tanlovga eng ko‘p anketalar Samarqand va Buxorodan kelib tushdi

Xizmatlar ipotekasi yordami bo‘yicha 5-tanlovga eng ko‘p anketalar Samarqand va Buxorodan kelib tushdi

Xizmatlar ipotekasi yordami bo‘yicha 5-tanlov yakunida jami 28 nafar tadbirkordan ariza kelib tushgani haqida xabar bergandik.

Shundan 180,1 mlrd so‘mlik 24 ta loyiha skoring tahlildan keyingi bosqichga o‘tdi. Jumladan, 3 ta loyihaning birlamchi hujjatlari tahlil qilinmoqda, 16 ta loyiha monitoring jarayonidan o‘tmoqda. Qolgan 5 ta loyiha yuzasidan esa muzokaralar allaqachon boshlab yuborildi.

Mazkur loyihalar doirasida Kompaniya tadbirkorlarga 123,7 mlrd so‘m yordam taqdim etishni, natijada 701 ta yangi ish o‘rni yaratish bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

Arizalarning eng ko‘pi Samarqand, Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridan kelib tushdi.

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati