/Yangiliklar/Yashil texnologiyalarni keng joriy qilish qo‘llab-quvvatlanmoqda
03.07.2024 - 09:22 254

Yashil texnologiyalarni keng joriy qilish qo‘llab-quvvatlanmoqda

Yashil texnologiyalarni keng joriy qilish qo‘llab-quvvatlanmoqda

Davlat rahbarining 2023-yildagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davomida “yashil” va energiya samarador loyihalarini moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlaridan 100 mln dollar mablag‘ jalb etilish bo‘yicha ham vazifalar belgilangan edi.

Mazkur masala ijrosi yuzasidan xalqaro moliya institutlari, xususan, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Kompaniya tomonidan ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mavjud yordamlar bilan tadbirkorlik subektlarini keng qamrab olish hamda yangi yordamlarni joriy qilishga ham e’tibor qaratilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra Kompaniya tomonidan “yashil” iqtisodiyot va energiya samarador loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan 8 218 ta loyihalarga 2 trln 65 mlrd so‘m miqdorida yordam ko‘rsatilgan.

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati