Qarz moliyaviy yordami — bu bir kompaniya (kreditor) tomonidan boshqa bir loyiha tashabbuskori (qarz oluvchi)ga belgilangan maqsadlar va muddatlar asosida xaridlarni amalga oshirish uchun mablag‘ taqdim etishdir. Qarz oluvchi mablag‘ni belgilangan yillik foiz ustamasi bilan Kompaniyaga qaytarish grafigiga muvofiq to‘lash orqali qaytarish sharti bilan mos keladigan Qarz oluvchining talab qilib olinguncha hisobvarag‘iga o‘tkazib berishni nazarda tutadigan munosabatlardir.
Ushbu moliyaviy yordam ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qurilish, yuk va yo‘lovchi tashish, turizm, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash tarmoqlari, go‘sht va tuxum etishtirish yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chmas mulk, asbob-uskunalar hamda hom-ashyolarni sotib olish uchun taqdim etiladi.
Qarz moliyaviy yordami – loyiha qiymatining 70 foizigacha, 24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan:
- yillik daromadi 6 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan va murojaat sanasida kamida 15 ta ish o‘rni mavjud bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga 5 mlrd so‘mgacha;
- murojaat sanasida kamida 25 ta ish o‘rni mavjud bo‘lgan o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga 5 mlrd so‘mgacha;
- murojaat sanasida kamida 35 ta ish o‘rni mavjud bo‘lgan o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga 10 mlrd so‘mgacha;
- murojaat sanasida kamida 50 ta ish o‘rni mavjud bo‘lgan hamda yillik daromadi 50 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga 20 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda.
Kompaniya qarz mablag‘larini loyiha bo‘yicha xarid shartnomasida belgilangan shakl va muddatlarga muvofiq, loyiha tashabbuskorining talab qilib olinguncha asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib berish orqali taqdim etiladi.
Moliyaviy yordam milliy valyutada ajratiladi.
Moliyaviy yordam taqdim etish muddati:
- ko‘chmas mulk sotib olish uchun 84 oygacha;
- asbob-uskuna sotib olish uchun 60 oygacha;
- aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha.
Qarz moliyaviy yordami foiz stavkasi – 17,5 foiz. Moliyaviy yordamdan foydalanganlik uchun vositachilik haqi – moliyaviy yordam summasining 1 foiz miqdorida belgilanadi.
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar:
- yomon kredit tarixiga ega bo‘lmasligi (kredit tarixi “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi ma’lumotnomasi bo‘yicha C (o‘rta) va undan yuqori reytingga ega bo‘lishi; oxirgi 2 yilda sud jarayoniga o‘tgan kredit qarzdorliklari vujudga kelmagan bo‘lishi; hisobdan chiqarilgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; oxirgi 2 yilda muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari 30 kundan 60 kungacha 3 yoki undan ortiq marta kechiktirib to‘lanmagan bo‘lishi; oxirgi 2 yilda muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari 60 kundan 90 kungacha 2 yoki undan ortiq marta kechiktirib to‘lanmagan bo‘lishi; oxirgi 2 yilda muddati o‘tgan qarzdorliklari 90 kundan oshgan bo‘lmasligi);
- budjet oldida muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi, tugatish jarayonida va bankrotlik ishi qo‘zg‘atilmagan bo‘lishi hamda korxona oxirgi ikki yilda zarar bilan faoliyat yuritayotgan bo‘lmasligi;
- 2-son kartoteka va budjet oldida muddati o‘tgan qarzdorliklarimavjud bo‘lmasligi;
- kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
- Loyiha tashabbuskorining loyihadagi ulushi 30 foizdan kambo‘lmasligi;
- yillik daromadi kichik va o’rta tadbirkorlik subyektlari uchun kamida 6 mlrd so’m bo’lishi;
- yigirma to‘rt oydan ortiq faoliyat yuritayotgan hamda murojaat sanasida yigirma besh nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan o‘rta tadbirkorlik subyektiga yoki murojaat sanasida o‘n besh nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik tadbirkorlik subyektiga mansub bo‘lishi lozim.Qarz moliyaviy yordami ajratilishi uchun yordam miqdorining kamida 125% miqdoridagi ta’minot talab etiladi.
Ustuvorlik beriladigan loyihalar:
- yangi ish o‘rinlarini yaratish soni;
- loyihaning samaradorligi (rentabelligi);
- ishchi xodimlarning mehnatiga xaq to‘lash miqdorlari nisbatan yuqoriligi;
- qo’shimcha qiymat yaratilishining yuqoriligi;
- yashil va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish nazarda tutilgan loyihalar.
Quyidagi loyihalarga mazkur yordam taqdim etilmaydi:
- Qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish uchun talab etiladigan bino va uskunalar;
- Ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish hamda alohida tashkil etiladigan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari bino va uskunalari (bundan savdo va servis, yo‘l bo‘yi infratuzilma ob’ektlari, jumladan kompleks tarkibida avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda savdo shoxobchalari faoliyatini tashkil etish, “yashil” texnologiyalarni, jumladan elektrmobillarni quvvatlantirishda foydalaniladigan bino va uskunalari mustasno);
- Transport vositalari sotib olish (bundan yuk tashish xizmati faoliyati, qurilish faoliyati uchun maxsus texnikalar hamda turizm faoliyati avtobus va mikroavtobuslar mustasno);
- Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar (bundan go‘sht va tuxum yo‘nalishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlashda foydalaniladigan bino va uskunalar mustasno).