/Yangiliklar/Jahon banki vakillari bilan uchrashuv
26.10.2022 - 10:39 1898

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quuvatlash davlat jamg‘armasida Jamg‘arma ijrochi direktor o‘rinbosari J.Bo‘riyev va Jahon bankining bosh iqtisodchisi Mariana Lootty o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar Jamg‘armaning moliyaviy yordamlari samaradorligi, tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar hamda 2023 – 2024-yillarda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.

Jamg‘arma vakillari tomonidan kichik tadbirkorlarga berilayotgan kafillik hamda kompensatsiya moliyaviy yordamlari, ulardan foydalanish tartibi, muddati (kompensatsiya “2+1” tamoyili asosida taqdim etilishi) bo‘yicha ma’lumot berildi.

Jahon banki ekspertlari tomonidan bugungi kunda Jamg‘arma joylarda
ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining bandligini ta’minlash uchun muhimligi e’tirof etildi.

Shu bilan birga, ekspertlar biznes muhitiga ta’sirni o‘rganib borish, tadbirkorlar uchun to‘siqlarni bartaraf etish orqali rivojlanish hamda kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan choralarning samaradorligini oshirish va yangi xizmat turlarini amaliyotga joriy etish natijalari bo‘yicha to‘xtalib o‘tdilar.

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati