Jahon banki guruhi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 17-may kuni Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida (Jamg‘arma) Jahon banki guruhi ishtirokidagi “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish – 2-faza” loyihasini amalga oshirish doirasida Jahon banki vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish – 2 faza” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-317-sonli qaroriga asosan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 29,3 mln AQSH dollarlik mablag‘lari Jamg‘armaning kapitallashuviga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuvda Jahon bankining “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish – 2-faza” loyiha guruhi rahbari – qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha katta mutaxassisi D.Xidirov va kredit liniya bo‘yicha konsultanti A.Ergashev, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligidagi Loyihani amalga oshirish guruhi rahbari A.Narboyev, Jamg‘arma Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Q.Radjapov va Kafillik taqdim etish va yangi xizmatlarni joriy qilish bo‘limi bosh mutaxassisi J.Jo‘rayevlar ishtirok etdilar.
Bundan tashqari, loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxodaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi mikro-, kichik, o‘rta korxonalar uchun Jamg‘arma tomonidan kafilliklar taqdim etilishi uchun Jahon bankidan Jamg‘armaga 14,65 mln AQSH dollari miqdoridagi birinchi transh mablag‘lari kelib tushganligi qayd etildi.
Uchrashuvda mazkur loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi va Jahon bankiga takliflar ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, Jamg‘arma vakillari tomonidan loyihaning “Loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari va Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga texnik ko‘mak subkomponenti”ga bir qator takliflar bildirildi.
Uchrashuv so‘ngida, tomonlar xorijiy tajribalar almashish yuzasidan ham fikr almashdilar.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati