/Yangiliklar/Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv (OTB)
21.06.2023 - 16:59 950

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv (OTB)

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv (OTB)

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida (Jamg‘arma) Osiyo taraqqiyot banki (Bank) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, Bank tomonidan PwC kompaniyasi ijrochi direktori Tapas Sanyal, direktor o‘rinbosari Samik Mukherjee, Jamg‘arma tomonidan ijrochi direktor o‘rinbosari Jasur Bo‘riyev, Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Kudrat Radjapov va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.

Bank vakillari Jamg‘arma faoliyati bo‘yicha ma’lumot oldilar, xususan, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlarga kafillik va kompensatsiya moliyaviy yordamlari va “Tadbirkor” axborot tizimi.

Shuningdek, Xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan berilgan tavsiyalarga asosan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar maqsadli yo‘naltirilishi uchun monitoring qilish va risklarni boshqarish hamda yangi xizmat turlarini yaratish maqsadida xorijiy tajribani o‘rganish orqali tadbirkorlarga qulay va maqbul xizmatlar joriy qilish bo‘yicha muhokama qildilar.

Bundan tashqari, PwC xalqaro kompaniyalar tarmog‘i vakillari moliyaviy bozorni o‘rganish, xususiy sektorni rivojlantirish, davlat mablag‘larini boshqarish bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdilar.

Shu bilan birga, tomonlar mamlakatda mikro va kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlarini, doimiy daromad manbayini yaratish, yoshlar va ayollar tadbirkorligiga alohida e’tibor qaratish kerakligiga to‘xtalib o‘tdilar.

Uchrashuv so‘ngida, ikki tomon yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati