/Yangiliklar/Jahon banki vakillari bilan uchrashuv
27.06.2023 - 23:17 2100

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 15-16-iyun kunlari Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) va Jahon banki (Bank) vakillari o‘rtasida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” va “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihalari doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari Jasur Bo‘riyev, Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Kudrat Radjapov va Bankning “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida jalb etilgan mustaqil ekspert Jeyms Hammersli, kredit liniya bo‘yicha konsultanti Atham Ergashev ishtirok etdilar.

Shuningdek, mazkur loyihalar doirasida Bank ekspertlari tomonidan Jamg‘armaning faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda takomillashtirish borasida berilgan bir qator takliflari va tavsiyalari amaliyotda qo‘llanilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Bundan tashqari, tomonlar xorijiy davlatlardagi yo‘nalishi o‘xshash jamg‘armalar tajribasini o‘rganish va tajriba almashish bo‘yicha fikr almashdilar.

Shu bilan birga, Jamg‘arma moliyaviy yordamlarini uzluksiz taqdim etilishini ta’minlash maqsadida xorijiy moliyaviy tashkilotlardan investitsiya jalb qilishga to‘xtalib o‘tdilar.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati