/Yangiliklar/Qozog‘iston Respublikasi Tadbirkorlikni rivojlantirish DAMU jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv
27.06.2023 - 16:33 1690

Qozog‘iston Respublikasi Tadbirkorlikni rivojlantirish DAMU jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

Qozog‘iston Respublikasi Tadbirkorlikni rivojlantirish DAMU jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 26-iyun sanasida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) va Tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi (DAMU) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda DAMU tomonidan Departament boshlig‘i Arsen Mustafin va mutaxassis Aydos Axmetov, Jamg‘arma tomonidan Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Kudrat Radjapov va bosh mutaxassis Baxodir Axmedov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Jamg‘arma bilan hamkorlik qilib kelayotgan Xalqaro moliya institutlari loyihalari hamda Jamg‘arma faoliyati bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi. Xususan, ushbu XMIlarning loyihalari doirasida Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlik subyektlari qo‘llab-quvvatlanib kelinayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Bundan tashqari Jamg‘arma tomonidan taqdim etilayotgan kafillik va kompensatsiya moliyaviy yordamlarini takomillashtirish va yangi xizmat turlarini joriy etish maqsadida xorijiy, xususan DAMU tajribasini o‘rganish va uni Jamg‘arma faoliyatiga tadbiq etishga to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek, DAMU vakillari kafillik moliyaviy yordami orqali yangi xizmat turlarini yaratish hamda ko‘proq tadbirkorlarni qamrab olish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar yuqoridagi masalalari yuzasidan hamkorlikni kengaytirish maqsadida qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etish, Hamkorlik memorandumini imzolash va DAMUning Bosh ofisiga tashrif buyurib joyida o‘rganish bo‘yicha kelishib oldilar.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati